21:49 / 12.12.2016
10658

Shavkat Mirziyoyev Misr prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016 yilning 12 dekabr kuni Qohira shahrida joylashgan cherkovda sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning, ayniqsa begunoh ayollar va bolalarning nobud bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh As-Sisiyga samimiy ta'ziya izhor etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a'zolari hamda yaqinlariga sabr va bardamlik, jarohatlangan kishilarga shifo ato etishini tilagan.

Mavzuga oid
Top