Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Assalomu alaykum, O‘zbekiston! Bugun 13 dekabr!
13 dekabr — joriy taqvim bo‘yicha 2016 yilning 347-kuni.
Ob-havo:
Toshkentda havo harorati kunduzi 10-12 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 8-13, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 10-12, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 10-15, Surxondaryo viloyatida 8-13, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 3-8, Respublikamizning tog‘li hududlarida 2-7 daraja iliq havo kuzatilmoqda.
Bo‘lib o‘tishi kutilayotgan voqealar:
Toshkent shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi ish boshladi
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Davlat departamentining yangi bosh kotibi nomini e'lon qiladi
VOQeALAR:
2009 yil. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan mazkur mamlakatga keldi.
1519 yil. Magellan boshliq ekspeditsiya Braziliya qirg‘oqlariga yetib bordi.
1903 yil. Muzqaymoqning konussimon idishi patentlandi.
1920 yil. Haaga shahrida Xalqaro sud tashkil etildi.
1971 yil. Mashhur "Omadli jyentelmenlar" badiiy filmi katta ekranlarga chiqdi.
UShBU SANADA TUG‘ILGANLAR:
1797 yil — atoqli nemis shoiri Genrix Geyne,
1816 yil — Ixtirochi, Siemens firmasi asosochisi Verner fon Simens.
Mavzuga oid
14:10 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi
23:08 / 16.02.2026
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2026 yilgi Ramazon taqvimini e’lon qildi
14:36 / 30.01.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (fotolar)
07:15 / 03.01.2026