Nonuşta payti Şavqiddin (ismlar özgartirilgan)ning ayoli har doimgi gapini takrorladi, deb yozmoqda “Postda” gazetasi.
- Dadasi, işlamasangiz bölmaydi, bolalarimiz ham katta bölib qoldi. Ularni uyli-joyli qiliş kerak.
- Xöp, nima qilay, tuzuk-quruq iş ham çiqmayapti-ku.
- Keça qöşnilarnikiga çiquvdim, qöşni qişloqdagi Tölanboy bor-ku, ana öşa qöşni davlatga odam olib borib işlatayotgan ekan. Oyliklari ham yaxşi deyişyapti.
- Bilmasam...
- Dadasi, bunça lallaymang, borib şu kişi bilan gaplaşib keling.
Şavqiddinga xotinining bu safargi gapi qattiq ta'sir qildi. U Tölanboyning uyiga bordi, darvozasini taqillatdi.
- Tölanboy yaxşimisan, işlaring joyidami?
- Yaxşi, rahmat. Keling aka, xizmat?
- Çimkentga odam olib borib işlatayotgan ekansan, şunga kelgan edim. Özing bilasan, rözğor taşvişi deganday...
- Tuşundim. Aka, vaqtida keldingiz, bir-ikki kunda ketamiz. Iş zör, şaroiti, oyligi yaxşi.
Oradan bir-ikki kun ötdi. Tölanboy yana bir neçta odam yiğdi va ular Qozoğistonga qarab yöl olişdi.
Çegaradan ötib, Çimkentdagi ğişt zavodiga ham yetib kelişdi. Ularni korxona rahbari kutib oldi. Tölanboy işçilarning pasportlarini hujjat töğirlaş uçun deb yiğib oldi va xöjayinga topşirdi. Özi esa şu kunning özida u yerdan ğoyib böldi.
Şavqiddin va uning şeriklari yaxşi maoş oliş ilinjida astoydil işlaşardi. Ammo Tölanboy aytgan şaroitdan darak yöq edi. Bunday bölişini kutmagan işçilar norozi bölib boşliqqa arz qilişdi. Zavod xöjayini esa ularga döq urib: “Senlar uçun Tölanboyga katta miqdorda pul berganman. Ana şunga yaraşa işlaysanlar!” dedi.
Oradan bir oy vaqt ötdi. Bir kuni zavodga Tölanboy kelib qoldi. Közlari tört bölib kutib turgan işçilar unga baqira ketişdi. Ayniqsa, uning eng yaqin tanişlaridan biri Erkin:
- Sendan buni kutmagan edim, bizni qayerlarga olib kelding? Uyga borib olay, ustingdan organga arz qilaman! – deya dağdağa qildi.
Tölanboy uni çetga tortdi va ovozini pasaytirib dedi:











