Jahon | 18:46 / 13.12.2016
6801
2 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti dengiz yadro kuch qurilmasini yaratishga buyruq berdi

Foto: Reuters

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Eron atom energetikasi tashkiloti rahbari Ali Akbar Salohiyga Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Qo‘shma har tomonlama harakatlar rejasining AQSh tomonidan buzilishi ehtimoliga javoban kemalar uchun yadro kuch qurilmasini yaratishga buyruq berdi.

Avvalroq Ruhoniy agar AQSh prezidenti Barak Obama Eronga nisbatan sanksiyalar uzaytirilishi haqidagi qonunni imzolasa, javob choralari ko‘rish bilan tahdid qilgan. Ruhoniyning bu bayonoti Obama sanksiyalarni 10 yilga uzaytirish haqidagi qonunni imzolamoqchi bo‘layotgani ortida yangradi. Ruhoniyning fikricha, AQShning bu istaklari Erondan bir qator sanksiyalarning olinishini ko‘zda tutgan atom bo‘yicha kelishuvni buzmoqda. 

"AQShning atom bo‘yicha kelishuvni buzishiga javob tariqasida ilmiy-tadqiqot markazlari bilan dengiz transporti sohasida qo‘llash uchun yadroviy loyihani ishlab chiqishni rejalashtirish boshlansin. Bu loyihalarni 3 oy ichida baholash lozim, ular osoyishtalik doirasida bo‘lishi va xalqaro qonunlarga muvofiq kelishi kerak", deb Ruhoniyning Salohiyga yo‘llagan maktubini keltirib o‘tgan Sputnik nashri.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid