Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone'da Galaxy'dagi funksiyaning yaxshilangan varianti paydo bo‘lishi mumkin
Foto: Business Insider
Apple kompaniyasi ikki SIM-kartali iPhone chiqarishga jiddiy kirishib, bunga oid 2ta patent olgan. Gizmo China bergan ma'lumotga ko‘ra, bu texnologiya iPhone 7s yoki 8'da qo‘llanishi mumkin.
iPhone 7 chiqishidan oldin Apple'ning Dual SIM Dual Active (DSDA) texnolgiyasini patentlagani haqida ma'lumot paydo bo‘lgan edi. Bu texnologiya ikki SIM-karta ham doimo faol holatda bo‘lib, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishni ta'minlaydi.
Xitoyning Weibo tarmog‘ida topilgan 2ta patentda kompaniyaning 2016 yil fevral oyida qo‘ng‘iroq uchun SIM-karta tanlash texnologiyasi (patent raqami 2016101166075) hamda 2 martda ikki SIM-kartadan foydalanishdagi quvvat tejamkorligi *(patent raqami 2016100813788) borasidagi arizalarini ko‘rish mumkin.
Insayderlar taxminiga ko‘ra, bu g‘oyalar 2017 yilda amalda qo‘llanadi. U qaysi smartfonda bo‘lishi haqida ma'lumot berilmagan.
Bundan tashqari yangi smartfonga OLED-ekran o‘rnatilishi hamda undagi "Home" tugmasi olib tashlanishi mumkin. Uning vazifasini ekranning maxsus qismi yordamida amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:27 / 08.05.2026
O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi
18:02 / 08.05.2026
Apple golografik displeyli iPhone ishlab chiqmoqda
08:42 / 06.05.2026
Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi
09:46 / 04.05.2026