Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyaning yangi bosh vaziri yangi hukumatning ustuvor vazifasini ma'lum qildi
Foto: © RIA
Italiyaning yangi bosh vaziri Paolo Jyentiloni Italiyada joriy yil avgust va oktabr oylarida yuz bergan vayronakor zilzilalardan jabr chekkan hududlarni tiklashni Italiya yangi hukumatining ustuvor vazifasi deb atadi.
"Men hukumatning ustuvor vazifalarini ko‘rsatishim kerak. Birinchi ustuvor vazifa, shubhasiz, zilziladan aziyat chekkan hududlarni tiklash hisoblanadi", deb aytgan Jyentiloni milliy parlament deputatlar palatasidagi nutqida.
Uning ta'kidlashicha, mamlakat janubi va iqtisodiy o‘sish uchun ko‘proq ish qilish zarur.
Italiya bosh vaziri xalqaro siyosat mavzusiga to‘xtalib, hamisha "bosh hamkorlar" bo‘lib kelgan Rim va AQShning hamkorlik qilish istagini tasdiqladi.
Jyentiloni uning hukumati qancha vaqt ishlay olishi haqida gapirib, u mamlakat parlamenti tomonidan qo‘llab-quvvatlangungacha ishlashini ta'kidlab o‘tdi.
Jyentiloni yangi hukumatni 12 dekabrda shakllantirdi. Shu kuni bosh vazir va 18 vazir Kvirinal saroyida mamlakat prezidenti Serjo Mattarella yonida Italiyaga sodiqlikka qasamyod keltirishgan.
Italiya qonunchiligiga ko‘ra, yangi hukumatga milliy parlamentning ikkala palatasida ham ishonch bildirilishi kerak. Ishonch bildirish bo‘yicha dastlabki ovoz berish 13 dekabr kechki vaqt deputatlar palatasida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
09:33 / 23.02.2026
Veronada qishki Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi
21:31 / 20.02.2026
Norvegiya oltin medallar soni bo‘yicha qishki Olimpiada rekordini o‘rnatdi
09:55 / 20.02.2026
Paralimpiada: Italiya - rossiyaliklar va belaruslarni kiritishga qarshi
13:29 / 13.02.2026