Sport | 02:08 / 13.12.2016
11789
3 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu «Barmoq bilan sanarli futbolchilardan biri ekanimdan faxrlanaman»

Foto: RealMadrid.com

Madridning «Real» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgach, dastlabki fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«To‘rtinchi «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritish men uchun katta sharaf. Xuddi birinchi marta yutib olayotgandek hissiyotlarni boshimdan o‘tkazmoqdaman, orzuim yana amalga oshdi.

Hech qachon bu sovrinni to‘rt marta qo‘lga kiritaman deb tasavvur qilmaganman. Klubdagi va terma jamoadagi sheriklarimga minnatdorchilik bildirishni istayman. Judayam mamnunman va baxtiyorman. 

Bu jamoaviy va shaxsiy sovrinlar tomonidan olib qaralganda, aniq faoliyatimdagi eng muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Menga Portugaliya terma jamoasi safida qandaydir sovrinni yutish yetishmayotgandi. Albatta «Real» bilan YeChLdagi g‘alabamiz ham unutilmas bo‘ldi.

Bu sovrinni qo‘lga kiritish men uchun juda muhim. Uni qo‘lga olganimdan keyin «Krish, sen bekorga butun yil davomida ishlamading, o‘zingni qurbon qilib faqat futbol haqida o‘ylading» deb o‘zimga o‘zim gapirib qo‘ydim. Bu sovrinni qo‘lga kiritganimdan xursandchilik hissiyotlarini boshimdan o‘tkazmoqdaman. Sababi bu menga yanada ko‘proq kuch beradi. Bundan baxtiyorman.

Birinchi navbatda «Real» bilan g‘alaba qozonishga harakat qilaman, chunki bu meni klubim. Shuningdek Portugaliya terma jamoasi bilan muvaffaqiyat qozonishni istayman, ammo bu juda qiyin. «Oltin to‘p»ni yutib olish oson emas va men bu sovrindan xursandman.

Menga ishongan, menga qayg‘urgan, shunday yuqori saviyani saqlab qolishimga yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Har doim yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etib kelayotgan futbolchilar barmoq bilan sanarli. Shunday saviyadagi futbolchi ekanimdan va qayd etgan natijamdan faxrlanaman» - deya gapirib o‘tgan Ronaldu.

Mavzuga oid