Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu Messi bilan jamoadosh bo‘lganida "Oltin to‘p" kimda ko‘proq bo‘lishini taxmin qildi
"Oltin to‘p"ni 4-marotaba qo‘lga kiritgan "Real Madrid" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Barselona" hujumchisi Lionel Messi bilan bir jamoada o‘ynaganida kim ko‘proq mukofot olishi borasida savolga javob berdi.
"Bu juda qiyin savol. Bilmadim. Bizni bir jamoada ko‘rish juda qiziq bo‘lar edi. O‘ylashimcha, katta o‘yinchilar birga o‘ynashi kerak. Agarda biz bir jamoada o‘ynasak, o‘ylashimcha, menda "Oltin to‘p"lar soni ko‘proq bo‘lar edi, biroq oradagi farq kichkina bo‘lardi.
Barcha Messining kuchli o‘yinchi ekanini bilishadi, unda 5ta "Oltin to‘p" bor. 2017 yilda unga yetib olamanmi? Harakat qilaman", dedi Ronaldu.
Krishtianu Ronaldu "Oltin to‘p"ni 4 marotaba olgan. Bu borada portugaliyalik futbolchi faqatgina Messidan ortda qolmoqda.
Mavzuga oid
11:07 / 28.06.2026
JCh kundaligi. Messi yana gol urdi, Ronaldu yana soyada qoldi, Eron guruhda qolib ketdi
09:46 / 24.06.2026
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
22:52 / 23.06.2026
Ronaldu tarixda birinchi bo‘lib 6 ta jahon chempionatida gol urdi
12:38 / 21.06.2026