Jahon çempionatining ikkinçi turi yorqin öyinlar bilan muxlislarni xursand qilişda davom etmoqda: Kyurasao Ekvador bilan öyinda sensatsiya körsatdi (0:0), Yaponiya Tunisni osonlik bilan tor-mor etdi (4:0), Niderlandiya Şvetsiyaga imkon qoldirmadi (5:1), Germaniya Kot-d' Ivuar bilan öyin oxirida ğalaba golini urdi (2:1).

Maydon taşqarisida ham e’tiborli voqealar bölib ötmoqda: Turkiya milliy jamoasi futbolçilari turnirni erta tark etgani uçun uzr söraşdi, Angliyadagilar mundialda öynalayotgan töplarning ğayrioddiy xususiyatini payqab qolişdi, Portugaliyada esa feyk xabar tufayli çiqqan mojaro avj olmoqda.

Şvetsiya darvozasiga ikki futbolçi dubl qildi

Niderlandiya – Şvetsiya 5:1
Gollar: Brobbi, 5 (1:0). Brobbi, 17 (2:0). Gakpo, 47 (3:0). Gakpo, 54 (4:0). Elanga, 59 (4:1). Sammervill, 89 (5:1)
Niderlandiya: Verbryuggen, van Deyk, van Hekke, van de Ven, Dyumfris, de Yong (Til, 59), Reynders (Kopmeyners, 59), Gravenberh, Gakpo (Lang, 90), Malen (Sammervill, 46), Brobbi (Depay, 72)
Şvetsiya: Nordfeldt, Hin, Lindelyof, Lagerbilke, Çelstrem (Bergvall, 55), Nyugren (Zeneli, 55), Ayyari (Ali, 79), Gudmundsson (Stroud, 90+3), Bernhardsson (Elanga, 55), Isak, Yokereş
Ogohlantirişlar: Gudmundsson, 53. Ayyari, 75. Bergvall, 80

Şvetsiya 1-turda yirik hisobda ğalaba qozonib, maqtovlarga sazovor bölgandi (5:1). Ammo öşanda raqib guruh autsayderi Tunis bölgandi.  Endi esa yulduzli tarkibga ega bölgan niderlandlar Yaponiya bilan durang öynab qöyganidan keyin bor alamini şvedlardan olişdi (5:1).

Gremm Potter şogirdlari 5-daqiqadayoq tezkor gol ötkazib yuborişdi. Bu golli hujum maksimal darajada oddiy amalga oşirildi: darvozabon töpni oldinga yetkazdi, Brobbi töpni yutib oldi va qanotga yetkazib, özi oldinga yugurdi, çap qanotda undan töpni qabul qilib olgan Reynders oldinroqdagi Gakpoga uzatma berdi, u esa töpni darvozabon hududiga yetib kelgan Brobbiga yetkazdi va hujumçida darvozani işğol etişdan boşqa variant yöq edi. Va bu voqealarning barçasi 10 soniya içida röy berdi.

17-daqiqada esa uşbu hujumçi endi öng qanotdan Dumfris uzatgan töpni yaqin masofadan turib darvoza töriga kiritib yubordi va dublni rasmiylaştirdi.

Öyinning birinçi bölimida şvedlar raqibga qaraganda köproq zarba berişdi (9:5), Yokereşning özida uçta xavfli vaziyat yuzaga keldi, ammo niderlandlar darvozaboni Verbryuggen işonçli harakat qildi.