JSST: Bezgak insoniyat uchun katta muammoligicha qolmoqda

Foto: EPA
Bezgak insoniyat uchun katta muammoligicha qolmoqda: 2015 yilda dunyo bo‘ylab 212 million kishi shu kasallikka yo‘liqdi, ulardan 449 ming nafari hayotdan ko‘z yumdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) ushbu kasallik bilan kurashga doir hisobotida ana shunday ma'lumotlar berildi. TASS agentligi shu haqida xabar berdi.
"Global muammo hisoblangan bezgakning nomutanosib katta ulushi Saxara janubidagi Afrika mamlakatlariga to‘g‘ri keladi, - deya ta'kidlanadi tadqiqotda. - 2015 yilda mintaqada 90 foiz bezgak kasalligi va uning natijasidagi 92 foiz o‘lim holati qayd etilgan". Eng zaif qatlam - 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bolalar o‘limining 70 foizi aynan bezgak kasalligi tufaylidir.
JSST kasallik tarqalishini nazorat qilishda "sezilarli tafovutlar" mavjudligini qayd etdi: Saxara janubidagi Afrika mamlakatlari aholisining 43 foizi himoyalovchi moskit to‘rlardan yoki hasharotlarga qarshi vositalardan foydalanmaydi, bu kasallik tarqatuvchilar bilan kurashishning eng asosiy usullaridir.
Shunday bo‘lsa-da, hisobot mualliflari bezgakka qarshi kurashda sezilarli natijalarga erishilganini ta'kidlashdi: o‘tgan besh yil ichida bezgakni davolashning zamonaviy usullari qo‘llangan 22 Afrika mamlakatidagi bolalar soni 29 foizdan 51 foizga ko‘tarildi. Bunday imkoniyatga ega bo‘lgan ayollar soni ham 6 foizdan 31 foizga o‘sdi.
2000 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan vaqt ichida bezgak bilan kurashishga yo‘naltirilgan investitsiyalar oshgan bo‘lsa-da, undan keyingi yillarda bunday holat kuzatilmagan. JSST bu borada "yirik moliyalashtirishga shoshilinch ehtiyoj" mavjudligini ta'kidladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

14:17 / 09.05.2025
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurashish milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi

08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori

14:54 / 30.03.2025