Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad G‘arbning gumanitar yordami faqat terrorchilar uchun mo‘ljallanganini aytdi
G‘arb davlatlari Suriyaga jo‘natgan barcha gumanitar yordam terrorchilarga mo‘ljallangan bo‘lgan, deb aytdi Suriya prezidenti Bashar Asad.
"Agar rosti va dangalini aytadigan bo‘lsak, aslida g‘arb davlatlari yuborgan barcha yordam terrorchilarga mo‘ljallangan bo‘lgan. Ular hech qachon birorta suriyalik hayoti haqida qayg‘urishmagan", deb aytdi Asad RT nashriga bergan intervyusida.
"Bizda terrorchilar tomonidan qurshab olingan va bosib olingan shaharlar hali ham ko‘p. Terrorchilar u yerlarga na suv, na yegulik, na hayotiy zarur narsalarni yetkazishga imkon bermayapti. Bu shaharlar har kuni bombalardan o‘qqa tutiladi. Yevropa Ittifoqi qamaldagilarga nima yubordi?", deb savol bilan yuzlanmoqda Asad.
Asad Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining YeI Suriyaga gumanitar yordam ko‘rsatayotgan yagona tuzilma ekanligi haqidagi gaplarini inkor etdi.
"Siz inson hayoti, gumanitar jihat haqida gapirganingizda, sizga farqi yo‘q. Bu ular davom ettirayotgan ikkiyuzlamachilik, yolg‘ondir va bu borgan sari jirkanch yolg‘onga aylanmoqda", deb aytdi Asad.
Mavzuga oid
10:10 / 15.07.2026
AQSh Iroq–Suriya neft quvurini qayta tiklashni rejalashtirmoqda
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
21:51 / 10.07.2026
Facebook va Instagram dizayni odamni «qaramlikka» olib kelishi aniqlandi
11:46 / 10.07.2026