Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston maslahatlashuvlarida hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslari inventarizatsiya qilindi
Foto: Today.kz
2016 yilning 13-14 dekabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asoslarini inventarizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.
TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasiga Xalqaro-huquqiy department direktori Arman Isetov boshchilik qildi.
Uchrashuv chog‘ida hamkorlikning shartnomaviy huquqiy asoslari inventarizatsiyasidan o‘tkazildi, ikki tomonlama hujjatlarning loyihalari hamda hamkorlikning huquqiy asoslarini rivojlantirish va kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida tashqi siyosat idoralari huquqiy xizmatlarining faoliyati to‘g‘risida ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
08:24 / 23.09.2025
O‘zbekistonda kimyoviy moddalarni inventarizatsiya qilish rejalashtirilgan
13:58 / 24.01.2025
O‘zbekiston - Slovakiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
13:11 / 23.11.2024
O‘zbekiston va Shveytsariya shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishga kelishib oldi
14:54 / 21.11.2024