Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyat va jazo: Nafaqaga ko‘z olaytirganlar
Zomin tumanidagi Pochta aloqa tarmog‘i xodimi Aziz O‘sarov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘ziga ishonib topshirilgan fuqarolar Sh.Yuldasheva, J.O‘rinboyeva, K.Mamatova, A.Abdurazzoqov va boshqalarga tarqatilishi lozim bo‘lgan 7 million 681 ming 989 so‘m pensiya va nafaqa pullarini to‘lov qaydnomalariga soxta imzolar kiritib, o‘zlashtiradi, deb xabar berdi “Huquq” gazetasi.
Tabiiyki, birinchi “ish”dan so‘ng A.O‘sarovning ishtahasi ochildi. U jinoiy harakatlarini davom ettirib, fuqarolar G.Ernazarov, S.Alimova va boshqalarning tarqatilishi lozim bo‘lgan 24 million 926 ming 253 so‘m pensiya pullarini o‘zlashtirib, jami 32 million 608 ming 243 so‘m pensiya pullarini qalbakilashtirilgan to‘lov vedemosti orqali yopishga erishadi.
Fuqaro Rasul Shoymanov ham A.O‘sarovning yo‘lini tutganlardan bo‘lib chiqdi. U ham Zomin tumanidagi Pochta aloqa tarmog‘ida ishlab kelib, bir necha bor fuqarolar Z.Abdurahmonova, N.Turdibayeva va boshqalarga tarqatilishi lozim bo‘lgan jami 16 million 565 ming 671 so‘mlik nafaqa pullarini o‘zlashtirib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida sarflab yuborgan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, sud tomonidan tegishli jazo tayinlandi.
Mavzuga oid
08:25 / 19.06.2026
Zomin va Baxmalda sel kuzatildi, 3 ta avtomobil oqib ketdi
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
09:03 / 15.04.2026