Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Eronga qarshi sanksiyalari Obama roziligisiz uzaytirildi
AQSh prezidenti Barak Obama Eronga qarshi so‘nggi 10 yilga mo‘ljallangan sanksiyalarni uzaytirish haqidagi qonun loyihasiga imzo chekishdan bosh tortdi. Biroq, cheklov choralari avtomatik ravishda kuchga kirgan, deb xabar bermoqda Associated Press.
AQSh konstitutsiyasiga ko‘ra, davlat rahbari qonun loyihasi kongress tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng o‘n kun davomida uni imzolashi yoki rad etishi lozim. Hujjatga imzo qo‘yish muddati 15 dekabr 00.00 da o‘z yakuniga yetgan. Biroq prezident unga qo‘l qo‘ymadi.
«Prezident ma'muriyatida sanksiyalarni rad etish bo‘yicha barcha kerakli vakolatlar bor va u bundan foydalanishda davom etmoqda», - deyiladi Oq uyning rasmiy bayonotida.
Ta'kidlanishicha, Obama hujjatga imzo chekishdan bosh tortgani bilan kongress qaroridan noroziligini ham ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13 / 09.06.2026