Jahon | 21:05 / 15.12.2016
12535
1 daqiqa o‘qiladi

Avstriya hukumati Gitler tug‘ilgan uyni tortib oladigan bo‘ldi

Foto: EPA

Avstriya parlamenti quyi palatasi – milliy kengashi deputatlari Adolf Gitler tug‘ilgan uyni tortib olishga imkon beruvchi qonunni qabul qilishdi, deb xabar bermoqda WDR.

Gap Yuqori Avstriya federal yeridagi Braunau-am-Inn shahridagi bino haqida ketmoqda. Bu uyda Gitler hayotining ilk uch yilini o‘tkazgan.

Ta'kidlanishicha, endi hukumat 3 qavatli uy bilan istalgan arxitektura ishlari o‘tkazishi, jumladan uni buzib tashlashi ham mumkin bo‘ladi. Avstriya ichki ishlar vaziri Volfgang Sobotka uy neonatsistlarni jalb qilgani uchun uni buzib tashlash taklifini bildirgan.

Biroq Avstriya federal kansleri Kristian Kern va vitse-kansler Raynxold Mitterlener uyni buzishga hojat yo‘qligini hamda bino arxitekturaviy qiymatga ega bo‘lgani sababli bunda muammolar paydo bo‘lishi mumkinligini aytishgan.

 

Mavzuga oid