Iqtisodiyot | 16:21 / 16.12.2016
7677
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda xitoyliklar tomonidan 285 million dollarga barpo etilgan zavod qaytadan qurilishi mumkin

Qirg‘izistonning Taldi-Buloq Chap qirg‘oqli konida qurilgan hamda rudani qayta ishlashga mo‘ljallangan “Oltinken” kompaniyasi zavodi bugungi kunda ishlamayapti. U 285 million dollarga qurilgan edi, deb ma'lum qilgan deputat Aytmamat Nazarov.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, avvaliga zavod 185 million dollar turgan. Shundan so‘ng uning qiymati 300 milliongacha ko‘tarildi. Shu bilan birga, zavod hali-hamon ishlamayapti.
 
Sozlash ishlari boshlanganda esa oltin rudasida mis hajmi loyihadagidan ham ko‘proqligi aniqlandi. Natijada esa rudaning uchdan bir qismidan Dore qotishmasi olinayotgan bo‘lsa, qolgani – misdir.
 
«Ayni kunda jarayonni oxiriga yetkazish uchun kerakli texnologiyani izlamoqdamiz. Fanlar Akademiyasining o‘zi buning ustida ishlamoqda. Zavod qurilishi qiymatiga keladigan bo‘lsak, u hali tasdiqlanmagan. Biz xalqaro audit o‘tkazilishini talab qilmoqdamiz. Shundan so‘ng mablag‘ haqida gapirsa bo‘ladi», - deya ma'lum qilgan «Kirgizaltin» OAJ boshqaruv raisi Almaz Alimbekov.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid