Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vetnamdagi suv toshqinlari sabab sakkiz kishi halok bo‘ldi
Vetnamning markaziy qismida kelib chiqqan suv toshqinlari sabab sakkiz kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi esa bedarak ketgan. Bu haqda “Assoshieyted Press” agentligi xabar bermoqda.
Halok bo‘lgan olti kishi Bindin provinsiyasi aholisi bo‘lgan. Aynan shu yerga tabiiy ofat yopirilgan. Qolgan qurbonlar esa Kxanxoa va Txyatxen-Xyue provinsiyalarida yashashgan.
Mahalliy hokimiyatning ma'lum qilishicha, suv bosgan hududlarning infratuzilmasiga jiddiy zarar ketgan, qishloq xo‘jaligi harakatlari to‘xtab qolgan.
Sinoptiklar hududda shanbaga qadar kuchli yomg‘irlar bo‘lishini prognoz qilishgan.
Mavzuga oid
18:08 / 28.10.2025
Tojikistonda Ismoil Somoniy muzligining katta qismi uzildi
00:11 / 17.08.2025
Hindiston va Pokistondagi suv toshqinlari oqibatida 200dan ortiq kishi qurbon bo‘ldi
00:44 / 15.08.2025
Hindistonda suv toshqinlari oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi
14:11 / 31.07.2025