Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz va Payğambarimiz Muhammad Mustafo sollalohu alayhi vasallamga behisob salovotu durudlarimiz bölsin!
Sahl ibn Sa'd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim menga ikki oyoği orasidagi narsaning va ikki jaği orasidagi narsaning kafolatini bersa, men unga jannatning kafolatini beraman», dedilar».
Buxoriy va Termiziy rivoyat qilişgan.
Insonning jannatiy bölişi uçun sabablar köp bölib, ulardan biri insonning ikkita a'zosini Alloh harom qilgan narsadan saqlay olsa, kimki ular borasida taqvo qila olsa, şu ikki a'zoni gunohu kabira bilan buzib qöymasa, Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam şu insonni jannatiy bölmoqligiga kafolat bermoqdalar.
Bir tarafdan olib qaraganimizda öta qiyin holatdek tuyulişi mumkin, lekin boşqa tarafdan esa, buning evaziga abadiy jannat berilişini tasavvur qilsak, bu ikkisi öta oson işdir. Çunki bizlar uçun eng katta va qiyin işlar – katta mablağlarni talab qiladigan yoki öta katta jismoniy harakatlarni, qudratli imkoniyatlarni talab qiladigan işlar böladi.
Bu ikkalasida esa bunday qiyinçiliklar yöq. Aksinça, bu ikki a'zoni saqlaşda tejamkorlik, mö'tadillik va yaxşilik bor.
Şu ikkala a'zoni Alloh harom qilgan narsalardan asraşning imkoniyati barçalarimizda bor ekanligiga qaramasdan, bu illat xozirgi kunda aksar odamlar mubtalo bölgan kasallikka aylanib, öşa a'zolarni haromdan saqlay olişning özi katta muammo bölib qolgan.
Jumladan, ikki jağning orasidagi tilni saqlaşlik eng dolzarb masalaga aylanib, bu ança muşkuldir. Çunki bu tildan bitta emas, beşta emas, önta emas, balki undan ham köproq jinoyatlar sodir etiladi. Tilga ozgina ehtiyotsizlik qilinsa, har bir lahzada jinoyat sodir etib qöyişi mumkin.
Agar şu hadisi şarifga amal qilinsa, mömin-musulmonlar içida fitna ham, fasod ham bölmaydi, yolğon, böhton, tuhmat va boşqa hamma işlarga umuman barham beriladi. Hozirgi kundagi asosiy janjallar, kelişmovçiliklar, qon tökişliklar, fitna-fasodlar, firqavozlik, guruhvozlik, musulmon bölib turib bir-birini öldiriş, adovat körsatib bir-biriga qarşi rejalar tuziş, hattoki öldirişdan rohatlaniş, öldiriş uçun qança-qança mablağ va kuç-quvvatini sarflaş – bularning barçasi şu tilning orqasidan kelmoqda. Çunki bu til yolğon gapirib qöyadi, tuhmat qiladi, kimnidir kofirga yoki fosiqga çiqaradi va hokazo. Til bir sözni aytganidan keyin şu sözni amalga oşiraman deb, inson qançadan-qança gunohu ma'siyatlarga botadi.
Mavzuga oid
Ammo uluğlarimiz hayot keçirgan saodat asrida bu holat ança-munça yaxşi bölgan, çunki muhit va şart-şaroit ijobiy, odamlar sodda, aldam-quldamni bilmaydi, haromdan taqvo qiladi, atrofdagi barça odamlar bir-birini iymonga, yaxşilikka çaqirib turadi, ozgina bir aybi bölsa, tanbeh berib, ogohlantiradi. Nima uçun? Çunki, özining birodarini, qöşnisini, özining safdoşini jahannamiy bölişini xohlamaydi. Xato va kamçiligini körsa, unga oğir botsa ham aytadi, ogohlantiradi.
Hozirçi? Unday narsalar deyarli yöq bölib qoldi, amru ma'ruf va nahiy munkar oramizdan kötarilmoqda. «Körganingga salom ber», «yukini kötarişib yordamlaş», «yöldan ötkazib qöy», «axlatni, zarar beradigan narsani olib taşla» va boşqa şu singari amru ma'ruf, yaxşilika çaqiriş holatlari bor içimizda. Biroq bir-birlarimizni yomonlikdan qaytariş, ya'ni nah'i munkar sekin-asta unutilmoqda.
Alloh taolo nah'i munkarni tark etgan avvalgi qavmlar haqida aytadi:
«Bani Isroildan kufr keltirganlar Dovud va Iyso ibn Maryam tilida la'natlandilar. Bu esa, isyon qilganlari va tajovuzkor bölganlari uçun böldi. Ular qilingan yomon işdan bir-birlarini qaytarmas edilar. Bu qilmişlari qanday ham yomon böldi!». (Moida surasi, 78-79-oyatlar).
Bugungi musulmonlar uşbu qoidani esdan çiqarib qöyganlari, boşlariga tuşayotgan musibatlarga sabab bölayotgan bölsa ajab emas, zero quyidagi hadisda ham xuddi şu haqida ogohlantirilgan.
Adiy ibn Umayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
«Odamlar öz oralarida yomonlikni körib turib, uni inkor etişga qodir bölib turib, inkor qilmay yurmagunlariça Alloh ozçilikning amali uçun köpçilikni azoblamaydi. Agar şunday qilsalar, Alloh xosni ham, omni ham qöşib jazolaydi», dedilar».
Imom Ahmad rivoyat qilgan.
Nah'i munkar bizlarning oramizdan ham kötarilib ketib qoldi. Gunohu ma'siyat qilib turganini körsak ham, «Menga nima?», deymiz. Birov bilan sökişib, uruşib turgan bölsa, borib ajratişni örniga, telefondan suratga olib, internetda tarqatib yuboramiz. Yoki kimdir fojiaga uçrab, ölim yoqasida çalajon bölib, qonga belanib yotibdi. Tez yordamni çaqiriş yoki uning yoniga borib qandaydir yordam berişni örniga, telefonni çiqarib suratga olamiz-da, «Buni birinçi bölib men tarqatdim», deb faxrlanişlik uçun nima bölsa sarflaymiz. Kimnidir ölim bilan jon talaşib yotganligini tarqatib, xursand bölamiz. Kimdir kelib: «Mana bu xabarni kördingmi?», desa, «Ha, buni özim allaqaçon tarqatib bölganman, men buni muallifiman», deb maqtanadiganlar bor.
Mana azizlar, munkar işlardan qaytarişlik bizlarda yöq bölib bormoqda. Bir-birlarimizni yomonliklardan, gunohu ma'siyatlardan qaytarişimiz kerak. Şunda inşaalloh jamiyat gunohu ma'siyatlardan poklanadi.
Tilga taalluqli bölgan jinoyatlarga köpçilik e'tibor bermaydi, ğiybat qilib turilgan bölsa, heç kim parvo qilmaydi, yolğon gapirib turilgan bölsa, burniga paşşa qöngançalik bezovta bölmaydi. «Şu işingiz yaxşimi?!», desangiz, xijolat ham bölmaydi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bölsa, yaxşi gap aytsin yoki jim tursin», dedilar». Törtovlari rivoyat qilişgan.
Yaxşi gapni aytişlik hozir anqoning uruği, jim turişlik esa, undan ham kamyob bölib qoldi. Çunki hozirgi muhitda jim turgan inson ojiz hisoblanadi, u ilmsiz sifatida qabul qilinadi, u göyoki landovur böladi, qölidan bir iş kelmaydigan inson sifatida gavdalanadi. Şuning uçun jim turmaslik kerak, özi bilsa-yu bilmasa suhbatga aralaşiş kerak. Unga umuman tegişli bölgan masala emas, uning sohasi emas, uni umuman qiziqtirmaydigan bir narsa, ammo albatta qöşilişi kerak, öşa suhbatga aralaşib özini ham şu sohada qandaydir bilimdon ekanligini körsatiş kerakligini tasavvur qiladi va şunga harakat qiladi.
Özi bilmagan masala bölsa ham, «Bu sohani ham biladi», degan gap uçun, yolğon gapirib bölsa ham, töqima bölsa ham aralaşadi, tuhmat bölsa ham aralaşadi. Vaholanki, jim turgan, sukut saqlagan inson doimo najot topadi.
Avvalgi uluğlarimizning sukuti doimo tafakkur bölgan, sözlari esa zikr va ibodat bölgan. Ular gapirsalar ham foyda olişgan, jimlik saqlasalar ham ibodat qilganlar. Bu esa, dunyoning ham, oxiratning ham manfaatiga heç qaçon zarar keltirmaydi. Ular deyarli gunoh sodir etmaydigan uluğ maqomga, uluğ martabaga yetişgan insonlar bölgan. Şuning uçun ular tirikliklaridayoq jannatni kasb etib, uni naqd qilib, jannatdagi maqomlari, egallaşlari kerak bölgan örinlari, qaysi darajada turişlari, jannatda kim bilan qöşni bölişi, kim bilan hamsuhbat bölişligi ma'lum bölgan. Çunki ular tillarini ham, boşqa a'zolarini ham saqlaganliklari sababli, buning mukofotini hayotliklaridayoq olib bölişgan.
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, menga eng yomon körinadiganingiz va qiyomat kuni mendan eng uzoq böladiganingiz köp gapiradiganingiz, oğzini töldirib gapiradiganingiz va mutakabbirlik uçun gapiradiganingiz», dedilar». Termiziy rivoyat qilgan.
Mana bular ham tilga tegişli bölgan illat bölib, insonni jahannamga olib boradigan gunohu ma'siyatdir.
E'tibor bering: «Menga eng yomon körinadiganingiz», deyilmoqda. Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yomon köringan ummat kim böladi? Ular najot topa oladimi? Albatta topolmaydi!
Yana: «Qiyomat kunida mendan eng uzoq böladiganingiz», dedilar. Qiyomat kuni Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan uzoqda turişlik, haqiqiy badbaxtlikning alomatidir. Kim ekan u badbaxt? Birinçisi - köp gapiradigan inson, ikkinçisi - oğzini töldirib gapiradigan inson, uçinçisi - mutakabbirlik uçun gapiradigan insondir. Bularning barçasi tilga taalluqli bölgan illatlardir.
Şuning uçun azizlar, til ofatlaridan öta ehtiyotkor bölişimiz kerak ekan. Tilning suyagi yöq, nimani xohlasangiz gapirib yuboraveradi. Lekin buning uçun javobgarlik, mas'uliyat bor, ertaga hisob-kitobi bor.
Yengilgina bir harakat bilan çiqib ketgan söz insonni jahannamga olib kirişlikka kifoya qilişi mumkin.
Bittagina söz bilan oila barbod böladi, oraga taloq tuşadi, qança-qança bolalar yetim böladi.
Bittagina söz bilan inson kofirga çiqariladi va ölimga mahkum qilinadi.
Bittagina söz bilan butun boşli bir qavm yoki bir yurt qirib yuborilişi mumkin.
Bularning barçasi tilning illatidan kelib çiqadi.
Şu bois köp gapiriş, oğizni töldirib gapiriş, kibru havo uçun gapiriş biz uçun obro‘ bölmasin. Köp gapiradigan odam köp biladi, deb öylamasligimiz kerak. Oğizni töldirib gapiradigan odamni – sözga öta usta, nihoyatda yaxşi gapiradi, ta'sirli gapiradi, deb öylamasligimiz kerak. Balki, u nimani gapirmoqda, nima uçun gapirmoqda, niyati, maqsadi nima – şunga qarab turib uning sözi e'tiborga olinişi lozim. Aks holda, uning sözlari özining va atrofidagilarning zarari uçun çiqqan böladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Möminning tili qalbida. Agar biror narsani gapirişni xohlasa, qalbi bilan öylaydi, söng tiliga çiqaradi. Munofiqning tili esa qalbidan taşqarida, xayoliga kelgan narsani tiliga çiqaradi, qalbi bilan öylamaydi», dedilar. (Xaroitiy rivoyati, Imom Ğazzoliy «Til ofatlari»).
Mana azizlar, mömin kişi tezlik bilan javob berişga şoşilmaydi, gapirişga umuman qiziqmaydi, gapiradigan bölsa, öylab turib, xalqimizning: «Yetti ölçab bir kes», degan maqoliga monand, agar manfaatli söz bölsagina gapiradi. Barça narsani hisob-kitobini qilib turib, undan keyin gapiradi. Ana şunda manfaatli böladi.
Munofiqçi? Avval gapirib qöyadi, keyin esa, aytgan sözi haqida öylaşni boşlaydi (agar nasib qilsa), bölmasa uni öylab ham ötirmaydi, gapirişda davom etib ketaveradi. Çunki uning tili qalbidan taşqarida turadi.
Möminning tili esa, qalbining içida turadi, qalbining hukmiga e'tibor beradi. Qalb bir narsani hal qilsa, bir narsaning yeçimini topsa, undan keyin til uni izhor qiladi. Mömin aqli va qalbini işlatmasdan turib, ular orqali biror bir hukmni joriy qilmasdan turib, uning tili umuman sözlamaydi. Bu möminlarning buyuk sifatlaridan biridir. Barçamiz, inşaalloh, ana şunday möminlardan bölişimiz lozim.
Işoqjon Begmatov
«Töxtaboy» jome masjidi imom-xatibi,
Toşkent Islom Instituti öqituvçisi,
«Oltin Qalam» XI Milliy mukofoti sohibi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi