Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahri boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro D.S. fuqaro F.A.ga tanishlari yordamida hech qanday imtihonlarsiz Toefl IBT Home Edition xorijiy til sertifikatini 1400 AQSh dollari evaziga olib berishini aytib, shundan 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.










