Birinçi uç til öz örnini saqlab qolgan. 1996 yilda ham, 2025 yilda ham eng ommabop tillar mandarin (xitoy tili), ispan va ingliz tillari bölib qolgan.

Bengal tili öz pozitsiyasini yöqotgan: u 1996 yilda törtinçi örinda bölgan, garçi u yordamida ona tili sifatida sözlaşuvçilar soni 189 milliondan 242 milliongaça oşgan bölsa ham. 2025 yilda törtinçi örinni hindi tili egalladi. Bu tilni ona tili deb hisoblaydiganlar soni 182 milliondan 345 milliongaça köpaygan.

Rus va yapon tillari ham öz örinlarini saqlab qolgan — mos ravişda yettinçi va sakkizinçi örinlar. Ikki til reytingdan çiqib ketgan: nemis tili va “u” (xitoy tilining eng yirik dialektlaridan biri). Endi top-10 röyxatiga panjob tili (unda Hindiston va Pokistonda gaplaşiladi) hamda vetnam tili kirgan.

1996 yilda eng ommabop önta tilni ona tili deb bilganlar soni 2,55 milliard kişini taşkil etgan, dunyo aholisi esa 5,8 milliard bölgan. Demak, aholining 44 foizi eng ommabop ön tildan birining taşuvçisi bölgan.

2025 yilda eng ommabop önta til — 3,1 milliard kişi uçun ona tili hisoblanadi, dunyo aholisi esa 8,1 milliardgaça ösgan. Endi top-10 tillar taşuvçilari Yer aholisining taxminan 38 foizini taşkil qiladi. Köp tillarda sözlaşuvçilar soni oşib borayotganiga qaramay, ularning ustunligi asta-sekin susaymoqda.

Infografika tayyorlaşda mualliflar Ethnologue va Derivation ma’lumotlaridan foydalangan. Bu yerda gap tilni şunçaki biladiganlar soni haqida emas, aynan şu til ona tili bölgan kişilar haqida ketmoqda.