Sport | 16:15 / 18.12.2016
11140
2 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola «Arsenal»ga qarshi o‘yin oldidan Sanchesni nega «Barselona»da o‘ynata olmaganini izohladi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL 17-turi doirasidagi «Arsenal»ga qarshi uchrashuv oldidan Aleksis Sanches borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Sanches «Barselona»da rostan ham juda yaxshi futbol namoyish etgandi. Ammo Messining yonidagi qolgan barcha futbolchilar xuddi Sanches darajasida edi.

«Arsenal» Aleksisdan markaziy hujumchi sifatida foydalanmoqda – bu uning uchun eng ideal joy. «Barselona» unga to‘liq yordam bera olmagandirman, chunki u o‘sha paytlarda qanotda to‘p surardi. Sanches qanotdayam foyda berishi mumkin, biroq u ko‘proq jarima maydonchasi ichida yaxshiroq harakatlanadi.

Sanches bir necha pozitsiyada harakat qila olishi mumkin – chap, o‘ng qanotlarda ham. U haqiqiy jangchi, ruhan g‘oliblik xarakteriga ega ajoyib yigit. U judayam yaxshi futbolchi va hozir ham zo‘r o‘yin ko‘rsatmoqda», – degan Gvardiola.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid