Sport | 11:20 / 05.07.2017
8700
2 daqiqa o‘qiladi

Xosep Gvardiola: «Messi «Barselona»da ekan, ular yengilmas jamoa bo‘lib qolaveradi»

Foto: Twitter/@barcelona

Hozirda «Manchester Siti»ga ustozlik qilayotgan «Barselona» sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola L'Esportiu nashriga bergan intervyusida nima sababdan «Barselona» yengilmas jamoa bo‘lib qolaverishi sababini aytdi.

«Menga «Barselona» har doimgidek kuchli ko‘rinmoqda. Luis Enrikening jamoadagi faoliyati yorqin kechdi. Agar u boshchiligidagi jamoa yaxshi sport formasida bo‘lganida, «Barselona»ni yengishning deyarli ilojisi yo‘q edi. Jamoa ajoyib futbol namoyish etdi.

Messi jamoada ekan bundan keyin ham hammasi shu tarzda davom etaveradi. Ammo bu bilan «Barsa»ning yangi futbolchilari yomon degan fikrdan yiroqman. Messi men ko‘rgan futbolchilar ichidagi eng kuchlisi. U uch-to‘rt raqibni aldab o‘tgani uchunmas, balki shu ishni dunyoda hammadan yaxshi bajargani uchun ham tengsiz futbolchi.

O‘ylashimcha, «Barselona»ga aynan Valverde kabi murabbiy kerak edi. Barcha sovrinlarni yutgan jamoaga, aynan yangi sovrinlar yutishga ishtiyoqi baland bo‘lgan Ernesto kabi murabbiy zarur bo‘lardi. Jamoaning an'analarini biladigan yaxshi tushunadigan murabbiy kriteriyalariga ham aynan Valverde mos kelardi. Bundan tashqari unda katta tajriba mavjud. U jamoada yaxshi ishlab keta oladi. Luis Enrikening muvaffaqiyatiga ishonganim kabi, uning ham natijalari o‘xshashiga ishonaman», degan Gvardiola.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid