Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshaning sobiq prezidenti amaldagi prezidentni iste'foga ketishga chaqirdi
Foto: EPA
Polshaning sobiq prezidenti Lex Valensa mamlakatning amaldagi prezidenti Anjyey Dudani iste'foga ketishga chaqirdi. Valensa bu haqda feysbukda yozdi.
Valensaning fikricha, prezident bilan birga hukmron "Huquq va adolat" partiyasi ham ketishi kerak.
"PiS ("Huquq va adolat" partiyasi) ketishi kerak, Duda iste'foga chiqishi lozim. Bu tizim yomondir. Agar oyoq tirasalar, sud oldida javob beradilar. Bu yagona yechimdir va ular buni qancha tezroq bajarsalar, shuncha yaxshiroq bo‘ladi", deb aytgan Valensa.
Avvalroq Duda muxolifat yetakchilari bilan mamlakatdagi parlament inqirozini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazayotgani ma'lum qilingandi.
Avgustda Valensa hukumatni fuqarolik urushini yuzaga keltirishga urinishda ayblagandi.
Mavzuga oid
13:17 / 28.06.2025
Polsha prezidenti Duda Kiyevga keldi
15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda
16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
17:19 / 13.03.2025