Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada 101 yoshli erkak voyaga yetmaganlarni zo‘rlagani uchun 13 yilga qamaldi
Britaniya sudi dushanba kuni 1915 yilda tug‘ilgan Ralf Klarkni voyaga yetmagan shaxslar ustidan jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda aybdor deb topib, 13 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Sky News telekanali xabar bermoqda.
Avvalroq, Birmingem qirollik sudi Klarkni balog‘atga yetmagan shaxslarga nisbatan 21 ta jinsiy zo‘ravonlik holatini amalga oshirganlikda aybdor deb topgandi. Xabar qilinishicha, u jinoyatlarni 1970-80 yillarda amalga oshirgan.

Uning qurbonlari esa politsiyaga o‘tgan yili murojaat qilishdi. Bu holat Facebook’dagi Klarkning sahifasida yuz yosh bilan tabriklab jo‘natilgan xabarlar paydo bo‘lgach yuz bergan.
Taxminlarga ko‘ra, Klark Buyuk Britaniya tarixidagi eng keksa mahkumga aylandi.
Mavzuga oid
17:51 / 09.07.2026
Zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga boshpana muddati 30 kundan 6 oygacha uzaytiriladi
17:37 / 09.07.2026
Bolaga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachiga bog‘chada ishlash 1 yilga taqiqlanishi mumkin
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
16:20 / 29.04.2026