Mazkur Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda ta’lim taşkilotida tarbiya va ta’lim beriş jarayonida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jismoniy zöravonlik sodir etganlik, şuningdek uni tahqirlaganlik uçun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Bundan taşqari, pedagogik faoliyatni amalga oşiriş jarayonida voyaga yetmaganga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zöravonlikka oid huquqbuzarlik sodir etganligi uçun ma’muriy javobgarlikka tortilgan şaxsga nisbatan bir yil muddat davomida maktabgaça ta’lim taşkilotida pedagogik faoliyat bilan şuğullanişi mumkin emasligi nazarda tutilmoqda.

Şuningdek, davlat yoki nodavlat muassasasining töliq ta’minotida bölgan bola uçun ota yoki onani aliment tölaşdan ozod qilişga yöl qöyilmasligi belgilanmoqda.

Şu bilan birga, yetim bola va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bola faqat qarindoşlari tarbiyasiga berilişi qoidasi joriy etilmoqda.

Senatorlarning fikriça, uşbu Qonun bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş, ta’lim muassasalarida ularning qadr-qimmati va daxlsizligini ta’minlaş böyiça huquqiy kafolatlarni mustahkamlaşga zamin yaratadi.

Qonun prezident tomonidan imzolanganidan keyin kuçga kiradi.