Qonun bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligining xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş sohasidagi vakolatlari aniq qilib belgilanmoqda.

Şuningdek, tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari uçun qator yengilliklar joriy etilmoqda. Jumladan, ular yöqotilgan biometrik pasport örniga yangi pasport oliş, nikoh tuzilganligi yoki tuğilganlik haqida takroriy guvohnoma rasmiylaştirişda davlat bojini tölaşdan ozod etilmoqda.

Tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlariga davlat hisobidan malakali yuridik yordam körsatiş tizimi yölga qöyilmoqda. Bundan taşqari, tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçi maxsus markazga 6 oygaça (oldin 30 kungaça) muddatga joylaştirilişi mumkinligi belgilanmoqda.

Senatorlarning fikriça, uşbu Qonun tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning hamda ularning voyaga yetmagan farzandlarining manzilli va samarali ijtimoiy himoyasini kuçaytirişga hamda ijtimoiy xizmatlar va yordam körsatiş tizimini takomillaştirişga xizmat qiladi.

Qonun prezident tomonidan imzolanganidan keyin kuçga kiradi.