27 aprel kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida qotillik yuz bergan.
Tumandagi savdo nuqtalaridan biri hududidagi kuzatuv kamerasiga yozib olingan videoda Nexia va Lacetti rusumli yengil maşinalarda kelgan bir guruh şaxslar yöl çetida turgan ota va öğlini kaltaklaşni boşlaganini köriş mumkin. Biroz ötib ular öğilni majburan maşinaga solib, olib ketişgan.
Kun.uz manbasiga köra, uşbu iş ortida Denovda «Şakki» laqabi bilan tanilgan zöravon turibdi. U şeriklari bilan yigitni olib ketib, urib öldirgani ta’kidlanmoqda.
Taxminlarga köra, uşbu jinoyatga yer bilan boğliq nizo sabab bölgan. Vafot etgan yigit yer sotib olib, uni öz tanişi bölgan «Şakki»ning nomiga rasmiylaştirgan. Keyinçalik u yerda dökon qurib, mulkni öz nomiga ötkazmoqçi bölganida örtada ziddiyat kelib çiqqan.
Kun.uz holat yuzasidan rasmiy munosabat oliş maqsadida Surxondaryo viloyati IIBga sörov jönatdi.
Xabar yangilandi. Uşbu xabar e’lon qilingaç, viloyat IIB quyidagiça rasmiy axborot taqdim etdi:
Joriy yilning 27 aprel kuni soat 17:50larda Denov şahri Boğişamol mahallasi hududida joylaşgan avtotransport yuviş şoxobçasi oldida, 1970 y.t. A.U. hamda uning farzandi 1994 y.t. A.A.ni, pul oldi-berdi masalasida oldindan özaro ziddiyatda bölgan jiyani 1989 y.t. Q.Ş. hamda uning şeriklari 1996 y.t. T.Ş., 1997 y.t. X.Ş. hamda 1996 y.t. T.Ş.lar urib, tan jarohati yetkazib, söng Gentra avtomaşinasiga ötkazib voqea joyidan olib ketişgan.
Şu kuni Denov tuman Tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan jabrlanuvçi A.A. hayot uçun xavfli bölgan oğir tan jarohatlari oqibatida, körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 28 aprel kuni vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Denov tumani IIB tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi “k, ye” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, 4 nafar iştirokçi protsessual tartibda qamoqqa olingan.













