Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA JCh-2018 saralashida ishtirok etayotgan bir nechta terma jamoani jazoladi
FIFA JCh-2018 saralash bosqichi doirasidagi uchrashuvlar davomida qoidalarni buzgan bir nechta terma jamoani jazoga tortdi.
Angliya va Shotlandiya futbol assotsiatsiyalari o‘yin vaqtida siyosiy harakatni amalga oshirgani (bu terma jamoalar urushlarda halok bo‘lgan Britaniya hamjamiyati askarlari xotirasiga qizil ko‘knori tasviri tushirilgan bannerlarni ko‘tarib chiqishgan) uchun jazolangan.
FIFA rasmiy saytida berilgan xabarga ko‘ra, Angliya assotsiatsiyasi 45 ming. shveysar franki miqdorida, Shotlandiya esa 20 ming frank miqdorida jarima to‘laydigan bo‘lgan.
Shuningdek, Uels (20 ming) va Shimoliy Irlandiya (15 ming) terma jamoalari ham jarimaga tortilgan. Uelsliklar serblarga qarshi shimolliklar esa ozarboyjonliklarga qarshi uchrashuvda qizil ko‘knori tasviri tushirilgan qora bog‘ichlarda maydonga chiqib kelishgandi.
Shuningdek, Irlandiya terma jamoasining Shveytsariyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida kiygan futbolkasida siyosiy ko‘rinishdagi elementlar borligi uchun irlandlar 5 ming shveysar franki miqdori jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Honduras terma jamoasi esa Panamaga qarshi uchrashuvda chiqqan janjal sababli yaqin vaqtlarda uy uchrashuvlarini o‘z stadionida o‘tkazishdan mahrum qilindi. Federatsiya 40 ming shveysar franki miqdori jarima ham to‘laydi.
Turli xil qoidabuzishlar sabab Polsha (35 ming shveysar franki), Argentina (30 ming), Bosniya va Gertsegovina (25 ming), Kolumbiya (25 ming), Panama (25 ming), Meksika (20 ming) va Venesuela (20 ming) ham moliyaviy jarimaga tortilgan.
Taitiga qarshi uchrashuvda maydonga tushish huquqiga ega bo‘lmagan futbolchini o‘yinga tushirgani uchun Solomon orollari terma jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozilgan.
Bundan tashqari, muxlislarning Serbiyaga qarshi uchrashuvda taqiqlangan so‘zlar bilan qilgan baqiriqlari natijasida Ukraina futbol federatsiyasi ham 60 ming shveysar franki miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
16:34 / 12.06.2026
«Dunyoni biz boshqarmaymiz» – Infantino arbitr Artan AQShga kiritilmaganiga munosabat bildirdi
21:30 / 10.06.2026
Amerikada tarixdagi eng qimmat jahon chempionati boshlanmoqda - barchasi muxlislar puli hisobiga
10:10 / 09.06.2026
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
20:05 / 28.05.2026