Iqtisodiyot | 22:13 / 19.12.2016
14402
3 daqiqa o‘qiladi

InsiderPro: Erdo‘g‘an yuritgan siyosat Turkiyaga foyda berdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning iqtisodiy strategiyasi bugungi kunda avvalgiga nisbatan ancha muvaffaqiyatlidek ko‘rinmoqda. Shu haftada Turkstat davlat statistika agentligi Turkiya yalpi ichki mahsuloti (YaIM)ning yangilangan ma'lumotlarini taqdim etdi. 

Manbaga ko‘ra, jahon moliyaviy inqirozidan keyin Yaqin Sharqning eng yirik iqtisodiyoti avvalgidan-da tezkor suratlarda o‘sdi. InsiderPro shu haqida ma'lumot berdi. 

O‘tgan yillar davomida Turkiyaning iqtisodiy taraqqiyoti asosan Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning yondashuvi natijasida  rivojlangani hisobga olinadigan bo‘lsa, bu prezident va uning tarafdorlarini ijobiy tomondan namoyish qiladi. 

Ularning pozitsiyasi quyidagicha: foiz stavkalarini oshirish usiz ham yuqori darajadagi inflyatsiyani kuchaytiradi (noyabr oyida u 7 foizni tashkil qildi), tashqi nomutanosiblik esa - kredit xarajatlarini kamaytirish uchun sabab bo‘la olmaydi. 

Prezident boshqaruvining ilk besh yilida, avvalgi hukumat tomonidan himoya qilingan bozor islohotlari va yevropalik ittifoqdoshlar bilan uzviy aloqalar Turkiyaga tezkor o‘sish imkonini bergan bir paytda  bu g‘oyalar befoydadek tuyuldi. Inqiroz davri o‘tib ketganidan keyin o‘sish suratlari prezidentning noto‘g‘ri siyosati tufayli keskin tushib ketdi, deb hisoblandi. 

Turkstat'ning yangi raqamlari esa turk iqtisodchilari rioya qiluvchi bu nazariyani qo‘llab-quvvatlamadi. Erdo‘g‘an boshqaruvining ilk 5 yilida mamlakat YaIM o‘rtacha 7,1 foizga o‘sgan, 2009 yildan esa - 5,7 foizga. Ma'lumotlarga ko‘z tashlagunga qadar o‘rtadagi farq ancha kattadek tuyulardi: 6,8 va 3,8 foiz. 

"Tabiiyki, ular kelgusidagi iqtisodiy debatlarda mazkur dalillarga tayanishadi va hammasi to‘g‘ri ketayotganini ta'kidlashadi. Biroq yangi siyosatni shakllantirish bundan keyin islohotlar kerak emasligi borasidagi taxminlarga asoslanishi mumkin emas", - deydi Istanbuldagi Bilgi universiteti iqtisodiyot professori Jyem Baslevent.

 

Mavzuga oid