Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldagi Avstriya kollejida Rojdestvo bayramini nishonlashga hech qanday taqiq qo‘yilmadi
Turkiya hukumati Istanbul shahrida Avstriyaning Muqaddas Georgiy kollejiga Rojdestvoni nishonlashni taqiqlamagan. Bu haqida o‘quv muassasasi direktori Paul Shtayner Die Presse nashriga ma'lum qildi.
Turk hukumati Germaniyaning Istanbuldagi elita gimnaziyasi pedagoglariga o‘quv mashg‘ulotlarida Rojdestvo mavzusini muhokama qilishni taqiqlaganidan keyin Avstriya kolleji rahbari ana shunday bayonot bilan chiqqan.
Shtayner Die Presse nashriga bergan intervyusida o‘quv muassasida Rojdestvoga tayyorgarlik avjida ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hukumati bayramona tadbirlarga tayyorgarlik jarayonlariga aralashmagan.
Shunisi diqqatga sazovorki, turk maktab ma'muriyatiga qarashli nemis gimnaziyasidan farqli o‘laroq, Muqaddas Georgiy kolleji Avstriya ta'lim vazirligiga qarashlidir. Mashg‘ulotlar jadvali ham Avstriya qonunchiligiga muvofiq tuziladi. Shunga qaramay, kollejda asosan turk o‘quvchilari ta'lim oladi.
Mavzuga oid
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026