Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov: Rossiya, Turkiya va Eron Suriyada tuzumni almashtirishga intilmayapti
Rossiya, Turkiya va Eron Suriyada birinchi navbatdagi ustuvor vazifa tuzumni almashtirish emas, balki terrorchilik xavfini bostirish degan fikrdalar, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Arab bahori" doirasida ixtilof yuzaga kelganda ko‘plab tashqi o‘yinchilar uni o‘z foydasiga, shaxsiy manfaatlari yo‘lida qo‘llashga harakat qilgan. Ba'zi davlatlar Suriyada tuzumni almashtirish vazifasini e'lon qilgan, biroq keyin terrorchilik xavfi, IShID bu qadimiy, Yaqin Sharq uchun zarur bo‘lgan davlatni bosib olishi mumkinligiga iqror paydo bo‘ldi, Suriyada nima qilish kerak degan fikrlar ustunlik qila boshladi va barcha birinchi ustuvor vazifa tuzumni almashtirish emas, balki terrorchilik xavfini bostirish ekanligi fikriga kela boshladi", deb aytdi Lavrov uch davlat tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi yakunlariga ko‘ra o‘tkazilgan matbuot-anjumanda.
Lavrov Rossiya, Eron va Turkiya aynan shu tushuncha bilan bog‘langanligini ta'kidlab o‘tdi. "Bizda bu borada umumiy fikr mavjud", deb ta'kidlab o‘tdi Lavrov.
Uning aytishicha, Suriyada turli guruh va davlatlar kuchlari borligidan maqsad terrorchilikka qarshi kurash hisoblanadi. "Bu vazifa AQSh koalitsiyasi tomondan, bizning turk hamkasblarimizning "Efrot qalqoni" operatsiyasi tomondan e'lon qilingan. Suriyaga taklif bilan, taklifsiz kelgan barcha tomondan Suriyaning suvereniteti, hududiy yaxlitligi, hamjihatligi va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashga sodiqliklari tasdiqlanadi", deb o‘z so‘zlarini intiholadi Lavrov.
Mavzuga oid
22:23
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
22:09
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06