CENTCOM ma’lumotiga köra, zarbalar AQŞ prezidentining topşiriği bilan amalga oşirilgan. Amerika harbiylari bayonotida ta’kidlanişiça, maqsad Eronning Hörmuz böğozi orqali erkin harakatlanayotgan fuqarolik va tijorat kemalariga hujum qiliş imkoniyatlarini izdan çiqariş hamda mintaqadagi keskinlikni jilovlaşdan iborat.

Eron davlat televideniyesi — IRIB xabariga köra, port şahri Bandar Abbosning ğarbiy qismida, Sirik şahri, Keşm oroli hamda Hörmuz böğoziga tutaş Jask şahri atrofida kuçli portlaşlar sodir bölgan.

Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) Keşm orolida bir kişi halok bölgani, ikki kişi yaralanganini ma’lum qildi.

IIMK, şuningdek, uruş boşlangunga qadar jahon neft savdosining qariyb 20 foizi ötgan Hörmuz böğozi «AQŞning mintaqadagi aralaşuvi tugamagunça yopiq qolişi»ni bildirdi.

Biroq CENTCOM bu da’voni rad etdi. Amerika harbiylari Hörmuz böğozi Eron nazoratida emasligi va xalqaro dengiz qatnovi odatdagidek davom etayotganini ta’kidladi. AQŞ prezidenti Donald Tramp ham avvalroq xuddi şunday bayonot bilan çiqqan edi.

Eron qöşni davlatlarga zarba berganini ma’lum qildi

12 iyul kuni AQŞ harbiylari Eron hududidagi qariyb 140 ta harbiy obektga zarba berganini ma’lum qilgan. Ular orasida raketa va dron omborlari, aloqa markazlari ham bölgan.

Vaşington bu amaliyotni Hörmuz böğozida IIMK tomonidan GFS Galaxy konteyner kemasiga qilingan hujumga javob sifatida izohladi. Eron esa mazkur kemaga faqat «ogohlantiruvçi öqlar» uzilganini, kema Tehron belgilagan yönaliş böylab harakatlanmaganini ta’kidlagan.

AQŞ hujumlaridan keyin Eron Qatar, Ummon va Iordaniya yönalişidagi nişonlarga zarbalar berganini ma’lum qildi. IIMKning bildirişiça, hujumlar Qatardagi Al-Udeyd aviabazasi hamda Ummonning Dukm portida joylaşgan, amerikalik harbiylar foydalanadigan obektlarga qaratilgan.

Şuningdek, Tehron Hörmuz böğozida yana bir kema harakatdan çiqarilganini ham ma’lum qildi.

Tomonlar bir-birini sulhni buzişda ayblamoqda

17 iyun kuni AQŞ va Eron örtasida jangovar harakatlarni töxtatiş hamda Hörmuz böğozida xavfsiz navigatsiyani tiklaşga qaratilgan kelişuv imzolangan edi.