Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 20:47 / 21.12.2016
12465
1 daqiqa o‘qiladi
Bangkokda yuk mashinasi haydovchisi yirik yo‘l-transport hodisasini sodir etdi
Foto: Patipat Janthong
Bangkokda yuk mashinasi haydovchisi politsiya tayanch punktini buzib kirib, yo‘l chetidagi to‘siqqa borib urilgan. Buning oqibatida kamida 18 kishi jarohat olgan, 30 ta avtomobil va 6 ta mototsiklga shikast yetgan, deb xabar bermoqda bangkokpost.com.
Politsiyachilar katta tezlikda ketayotgan bebosh haydovchini yuk mashinasi g‘ildiraklariga o‘q uzibgina to‘xtata olishdi. Haydovchi qo‘lga olingan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi giyohvand moddalardan mast holatda bo‘lgan.


Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish