Jahon | 14:23 / 21.12.2016
5864
2 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi Lavrov va Kerriga hamjihatlik uchun minnatdorchilik bildirdi

Foto: © Aleksandr SHCHerbak/TASS

Rossiya TIV Sergey Lavrov va AQSh bosh kotibi Jon Kerri ikki qudratli mamlakatning hamjihatlikda ko‘p sohalardagi muammolarni samarali hal qila olishini isbotlashdi. Bu haqida BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Rossiya axborot agentliklariga bergan intervyusida ma'lum qildi. U Moskva va Vashingtonning mavjud tushunmovchiliklarga qaramay, kelgusida ham hamkorlikni davom ettirishiga umid bildirdi. TASS shu haqida ma'lumot berdi. 

"Men TIV rahbari Sergey Lavrov va bosh kotib Jon Kerriga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ularning shaxsiy va ishchi munosabatlari ko‘p sohalarda o‘z samarasini ko‘rsatdi", - dedi Pan Gi Mun. 

Shuningdek BMT bosh kotibi Moskva va Vashingtonning kelgusida Suriyadagi vaziyatni birgalikda o‘zgartira olishiga ishonch bildirdi. 

IShID haqida gap ketganda esa, Pan Gi Mun terrorchilarni faqat kuch vositasida yo‘q qilib bo‘lmasligini aytdi. Uning fikricha, eng avvalo, radikal g‘oyalarni keltirib chiqaruvchi manbani yo‘q qilish zarur. Bunga erishishda esa siyosiy o‘zgarishlar, samarali davlat boshqaruvi yordam beradi, deb hisoblaydi BMT bosh kotibi. 

 

Mavzuga oid