Jamiyat | 22:32 / 22.12.2016
182725
2 daqiqa o‘qiladi

Aprelda endi Ozodbek Nazarbekov emas, Yulduz Usmonova konsert beradi

Har yilning bahorida o‘n kunlab konsert berishni an'anaga aylantirgan O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 2017 yilning aprelida bu an'anani davom ettirmaydi.

Ushbu xonanda ishdan toliqqani va ta'til rejalashtirgani tufayli nafaqat aprel oyida, balki butun yil davomida ham katta sahnalarda chiqish qilmasligi, katta tanaffus qilishi mumkin.

Ozodbek Nazarbekovning vakillari esa bu haqida aniq ma'lumot bera olmadi.

Manbaning bildirishicha, aprel oyida 15 kun davomida shu yilning dekabrida O‘zbekistondagi sahnalarga qaytgan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova konsert berishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Istiqlol” san'at saroyidagi manba bergan ma'lumotga ko‘ra, Ozodbek Nazarbekov 2017 yilda yakkaxon konsert dasturi berishni rejalashtirmagan, biroq xonanda ijod qilishni to‘xtatmaydi va davlat tadbirlarida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tish joiz, Yulduz Usmonova 2005 yilgacha har yili aprelda ko‘pkunlik konsert berardi. Keyinchalik bu o‘rin Ozodbek Nazarbekovga o‘tgandi.

Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytmoqda

Mavzuga oid