Jahon | 09:06 / 22.12.2016
5324
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Tojikiston o‘rtasida aviaaloqa tiklangani ma'lum qilindi

Foto: pixabay.com

Rossiya va Tojikiston o‘rtasida aviaaloqa tiklandi. Bu haqda TASS axborot agentligiga Rossiya transport vazirligining rasmiy vakili ma'lum qildi.   

"Rossiya va Tojikiston o‘rtasida aviaaloqa tiklandi. Tojikiston aviatsiya mutassadilari "Yamal" aviakompaniyasining Jukovskiy aeroportidan Dushanbe va Xo‘jandga parvozlarini kelishib oldilar. Muzokaralar 22 dekabrda davom ettiriladi", deb aytgan manba.

Avval ma'lum qilingandek, "Yamal" aviakompaniyasi 22 dekabr soat 05:00 da Dushanbega charter reysini amalga oshirishga ruxsat olgan.   

22 dekabr soat 00:00 ga bir soatdan kamroq vaqt qolganda Rossiya transport vazirligi Tojikiston bilan aviaaloqa to‘xtatilishini e'lon qilgandi. Bundan tashqari,  21 dekabr davomida vazirlik aviaaloqaning to‘xtalishi mumkinligini aytib kelgan, biroq keyin pozitsiyasini yumshatib, muzokaralar davom etishini aytgan.  

Aviaaloqaning to‘xtatilishi Rossiya va Tojikiston o‘rtasida tashuvchilar miqdori bo‘yicha taftishlar ortida yangradi. Bundan avval Tojikiston mutassadilari "Yamal" aviakompaniyasiga Xo‘jandga parvoz amalga oshirishga ruxsat bermagandilar. Ularning fikricha, "Yamal" parvozlari Rossiya va Tojikiston o‘rtasida reyslarni amalga oshiruvchi tashuvchilar soni bo‘yicha teng huquqlikni buzgan bo‘lardi. Bunga javoban Rossiya transport vazirligi Tojikiston mutassadilarining bu qarori qonunga zidligini aytgan.     

 

Mavzuga oid