Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya prezidenti Suriya prezidentini Halabdagi g‘alaba bilan tabrikladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya prezidenti Bashar Asad bilan telefon orqali muloqotda uni Halabning jangarilardan ozod qilinishi bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Putin ayni vaqtda barcha sa'y-harakatlarni Suriyadagi vaziyatni tinchlik bilan tartibga solish masalalariga qaratish zarurligini ta'kidlab o‘tgan.
"Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya Arab Respublikasi prezidenti Bashar Asad bilan telefon orqali bog‘lanib, uni Halabni jangarilardan ozod qilish operatsiyasi yakunlangani bilan tabrikladi. Bu muvaffaqiyat Suriyada xalqaro terrorchilikka qarshi birlashgan barchaning birgalikdagi sa'y-harakatlari evaziga mumkin bo‘ldi", deyilgan xabarda.
Putin "endigi asosiy vazifa – sa'y-harakatlarni Suriya inqirozini tinchlik bilan hal qilish masalalariga mujassamlashtirish ekanligini" ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026
«Oreshnik» hali jangovar qo‘llangani yo‘q – Putin
14:21 / 05.06.2026