Jahon | 00:01 / 23.12.2016
52150
2 daqiqa o‘qiladi

Saddam Husaynning qizi Tramp haqidagi fikrlarini bildirdi

Foto: KHALED ABDULLAH

Iroqning sobiq yetakchisi Saddam Husaynning katta qizi Rohat CNN telekanaliga bergan intervyusida AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bu lavozimda o‘zidan avvalgi prezidentlardan farq qilishiga umid bildirdi.

"Men ko‘rgan narsa shuki, bu odamda yuqori darajadagi siyosiy hissiyot bor, bu uni o‘tmishdoshlaridan jiddiy farqlaydi. U o‘zgalar xatosini, ayniqsa Iroq borasidagi xatolarni ko‘rsatdi, bu esa u Iroqda sodir etilgan xatolar va mening otam bilan nima yuz berganini bilishini anglatadi", deb aytdi Rohat.

Husayn qizining aytishicha, u otasi qatl etilishining videoyozuvini hech qachon ko‘rmagan va buni hech qachon qilmaydi. Uning aytishicha, bu qatlning "xunukligi va og‘riqligiga" qaramasdan, uning otasi "mardonavor o‘lim" topgan.

Tramp o‘z nutqlarida Husaynni "yomon yigit bo‘lsa ham, terrorchilarni boplab o‘ldirgan" deya ta'riflagan.

Saddam Husayn 2006 yil 30 dekabrda qatl etilgandi. 

 

Mavzuga oid