Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada mushuk butunboshli oilani qutqarib qoldi
Avstriyaning Bregents shahrida mushuk butun oilani qutqarib qoldi. Jonivor xonadonda ro‘y bergan yong‘in paytida uy egalarini uyg‘otgan va ularning hayotini saqlab qolgan.
ORF teleradiokompaniyasining xabar berishicha, olov yonayotgan shamdan kelib chiqqan. Uni fuqarolar uyqudan oldin o‘chirishni unutishgan. Natijada xonadonda yirik yong‘in kelib chiqdi va u tezlikda barcha xonalarga tarqadi.
Mushuk esa tungi soat ikkilarda olovni ko‘rib, uxlayotgan egasining yonida baland tovushda miyovlay boshladi. Ayol uyg‘onib ketib, o‘t domidan uch farzandini olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. To‘rt kishi, shuningdek jonivor jarohat olmagan.
Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chirish xizmati xodimlari tezlik bilan yong‘inni bartaraf etishdi, biroq kvartira yashashga yaroqsiz holatga kelgan.
Qutqarilgan oila va qahramon-mushuk vaqtincha qarindoshlarnikiga joylashtirildi.
Mavzuga oid
09:35 / 06.07.2026
Shayxontohurda ikki qavatli do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi
10:23 / 04.07.2026
O‘rikzor bozoridagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in chiqdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026