Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Rossiya bilan harbiy hamkorlikni cheklovchi qonunni imzoladi
AQSh prezidenti Barak Obama mamlakat harbiy ehtiyojlari uchun pul mablag‘lari ajratish bo‘yicha qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.
Mazkur qonun, Rossiya bilan harbiy hamkorlikni chelashni ham nazarda tutadi.
«AQSh mudofaa vazirligining 2017 moliyaviy yilgi ehtiyojlari uchun ajratilgan mablag‘lar AQSh va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik uchun yo‘naltirilishi mumkin emas. Faqatgina, mudofaa vaziri davlat kotibi bilan hamkorlikda Rossiya Ukraina va NATO a'zolarining suvereniteti va hududiy yaxlitligiga nisbatan tahdid qilishga chek qo‘ygani xususida Kongressning maxsus qo‘mitasiga hisobot topshirgan taqdirdagina, bunga yo‘l qo‘yiladi», — deyiladi hujjatda.
Unda ta'kidlanishicha, Rossiya Ukraina masalasi bo‘yicha Minsk kelishuvlarini bajarishi kerak.
Shu bilan birga, hujjatda yozilishicha, «mazkur cheklovlar AQShning qurol-yarog‘lar nazorati va tarqatmaslikka oid hamda boshqa mazmundagi ikki tomonlama va xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qila olmayd».
Qonun bandlari, shuningdek, AQSh va NATOning Afg‘onistondagi harakatlarini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan choralariga nisbatan ham qo‘llanilmaydi.
Mavzuga oid
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026