Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasi prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olishni boshlaydi
Foto: ria.ru
Bugun, 24 dekabrda Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasi kelasi yil 12 fevralida bo‘lib o‘tajak prezidentlik saylovi uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish jarayonini boshlaydi.
Respublikaning oliy davlat lavozimiga 3 nafar nomzod kurash olib bormoqchi. Ular mamlakatdagi 3ta siyosiy partiya tomonidan ilgari surilgan. Turkmaniston Demokratik partiyasi amaldagi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov nomzodini qo‘ygan, Sanoatchilar va tadbirkorlar partiyasi "Risgal" aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi Bekmirat Ataliyevni, Agrar partiya esa Mari viloyat partiya qo‘mitasi rahbari Durdiklich Orazov nomzodini ko‘rsatgan.
Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, nomzodlar ro‘yxatga olinganidan so‘ng, prezidentlik tashviqot kampaniyasi boshlanadi. Nomzodlar ro‘yxatga olingan kundan boshlanuvchi saylovoldi tashviqoti saylovga bir kun qolganida yakunlanadi.
Respublika Konstitutsiyasiga muvofiq, Turkmanistonda tug‘ilgan, 40 yoshga to‘lgan, davlat tilini yaxshi bilgan, oxirgi 15 yilda mamlakatda istiqomat qilgan va ishlagan fuqaro prezidentlikka saylanishi mumkin. Yangi prezident 7 yilga saylanadi va qasamyod qabul qilganidan lavozimiga kirishadi.
Mavzuga oid
22:48 / 15.02.2026
Qirg‘iziston ortidan Turkmanistonda ham milliy xavfsizlik rahbari almashtirildi
15:14 / 30.01.2026
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
18:30 / 19.01.2026
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
18:22 / 29.12.2025