Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkek O‘zbekiston chegarasi bilan bog‘liq muammolarni bir oydan keyin hal qilishga va'da berdi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevning O‘zbekistonga qilgan ishchi tashrifi davomida tomonlar chegaralar delimitatsiyasi masalasini muhokama qilishdi. Bu haqida Qirg‘iziston prezident apparatining tashqi siyosat bo‘limi rahbari Sapar Isoqov bergan ma'lumotlarga asoslanib, 24.kg saytida xabar berildi.
"Bugungi kunga kelib, tomonlar chegara umumiy hududining taxminan 70 foizini ko‘rib chiqishdi. Ikki davlat rahbari bosh vazir o‘rinbosarlariga yanvar oyi o‘rtalariga qadar bu masaladagi mavjud muammolarni ishlab chiqish to‘g‘risida topshiriq berdi. Ular bu masala bilan to‘liq shug‘ullanishadi", - dedi Isoqov.
"Tashrif doirasida davlat rahbarlaridan bir oy davomida ishlab chiqishimiz zarur bo‘lgan aniq topshiriqlarni oldik. Biz ularni amalga oshirish maqsadida kunu tun ishlaymiz", - deya ta'kidladi tashqi siyosat bo‘limi rahbari.
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev 24 dekabr kuni ishchi tashrif bilan Samarqandda bo‘ldi. U O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi va mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026