13:43 / 25.12.2016
5384

Boliviya prezidenti minglab mahbuslarni afv etdi

Foto: RIA

Boliviya prezidenti Evo Morales 1,8 ming mahbusni afv etdi, deb xabar bermoqda Frans Press axborot agentligi. 

"Bu farmonning asl maqsadi afv etish va ozodlikdan mahrum bo‘lgan odamlarni to‘liq yoki qisman kechirish hisoblanadi", deb aytdi Evo Morales matbuot-anjumanida. 

Moralesning aytishicha, afv etilganlar orasiga 5 yildan kamroqqa sudlanganlar, 28 yoshgacha bo‘lgan mahbuslar, yolg‘iz onalar, og‘ir kasallar va jismoniy nuqsonlari bo‘lganlar hamda sudlanishini hibsda kutib o‘tirganlar kirgan. Boliviya yetakchisi 4-marotaba bunday qarorni qabul qilmoqda.

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Boliviyada ayni vaqtda 15 mingdan ko‘proq mahbus bo‘lib, ulardan uchdan biridan kamrog‘iga hukm chiqarilgan. Mahbuslardan ko‘pchiligi to‘lib-toshgan turmalarda saqlanadi.  
 

Top