22:51 / 25.12.2016
15447

Gvardiola Messi, Ronaldu va Boxing Day haqida

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Marca nashri jurnalistiga bergan intervyusida Boxing Day haqida gapirib o‘tdi.

Gvardiolaning murabbiylik faoliyatida ilk marta bunday tig‘iz grafik bo‘ladi, uning jamoasi Angliyadagi barcha jamoalar kabi 8 kun ichida 3 o‘yin o‘tkazadi.

«Boxing Day kelishini sabrsizlik bilan kutmoqdaman.

Men ko‘p o‘yinlarni ko‘rdim. «Hall» – odatdagi jamoalardan emas. David Silva meni oldindagi kunlar oson kechmasligi haqida ogohlantirdi», degan ispaniyalik mutaxassis.

Gvardioladan Messi va Ronaldu haqida ham so‘rashgan.

«Men Luis Enrike bilan bir xil fikrdaman. Leo – eng zo‘ri, chunki u nafaqat maydonda yuguradi, vaziyatlar yaratadi, gollar uradi, u o‘z jamoadoshlariga qanday yordam ko‘rsatishni yaxshi biladi.

Men Krishtianu Ronalduni qattiq hurmat qilaman, u yuqori saviyali futbolchi, ammo Messi butunlay boshqa darajadagi futbolchi», degan Gvardiola.

26 dekabr kuni «Manchester Siti» «Hall Siti»ga qarshi o‘ynaydi, 31 dekabr kuni «Liverpul», 2 yanvar kunni esa «Byornli»ga qarshi o‘yinlar o‘tkaziladi.

Mavzuga oid
Top