Jahon | 22:11 / 25.12.2016
7825
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvaytda yaxtada chiqqan yong‘in natijasida bir oilaning 6 a'zosi halok bo‘ldi

Foto: Google image

Kuvayt janubidagi Hayran kurortidagi yaxtada chiqqan yong‘in natijasida bir oilaning 6 nafar a'zosi, shu jumladan 2 nafar bola halok bo‘ldi, yana 4 nafar kishi jarohat oldi. Bu haqida Kuvaytning "Al-Rai" nashri xabar berdi. 

Oila a'zolari yaxtada sayrga chiqqan bo‘lishgan. Kutilmaganda ularning yaxtasi qayiqqa urilgan va natijada kuchli yong‘in kelib chiqqan. 

Qutqaruvchilar va tibbiy personal ko‘rsatgan yordamga qaramay, yaxtadagi qurbonlar soni ko‘p bo‘lgan. 

Voqea sodir bo‘lgan joyga 11 tez yordam mashinasi va 2 tibbiy evakuatsiya vertolyoti yetib kelgan. 

Fojia sabablarini o‘rganish uchun tergov ishlari yo‘lga qo‘yildi. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid