Toşkent şahrining Amir Temur xiyoboni yaqinida joylaşgan maşhur «Özbekiston» mehmonxonasida yonğin sodir böldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda mehmonxonaning yuqori qavatlaridan biridan olov va tutun çiqayotgani, keyinroq xodimlar mustaqil tarzda olovni öçirişga harakat qilgani aks etgan.
Toşkent şahri Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga köra, 12 iyul kuni soat 14:45 da mehmonxonaning 10-qavatida yonğin sodir bölayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 14:49 da yetib borib, yonğin soat 14:54 da öçirilgan.
Aytilgan manzilda binoning yonğinga qarşi örnatilgan xavfsizlik tizimlari öz vaqtida işlagani sababli yonğin öz vaqtida tezkorlik bilan bartaraf etilgan, deyiladi xabarda.

Hodisa oqibatida «Özbekiston» mehmonxonasining 10-qavatidagi xizmatçilar xonasi zararlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar yöq.

















