Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ota-onasi giyohvand moddadan ado bo‘lgan bolakay ochlik tufayli hayotdan ko‘z yumdi
AQShda ota-onasi giyohvand modda (taxminan geroin) dozasi oshib ketishidan halok bo‘lgan 5 oylik qizcha ochlik va tashnalik natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida Pennlive axborot portali xabar berdi.
Voqea Pensilvaniya shtatidagi Kernvill shahrida ro‘y bergan. Politsiya halok bo‘lganlar - 27 yoshli Jyeyson Chambers va 19 yoshli Chelsi Kardaro jasadi ustidan chiqdi. Ma'lum bo‘lishicha, ular bir hafta ilgari hayotni tark etgan. Bolalar krovatida shuningdek jonsiz go‘dak tanasi ham topilgan. Patologoanatomning bildirishicha, bola ota-onasi o‘limidan bir necha kun o‘tib, ochlik va tashnalik tufayli hayotdan ko‘z yumgan.
Politsiyada mahalliy hukumat vakillari bu uyda yashovchilarning giyohvand moddalarga tobe'ligidan xabardor bo‘lishgani va ularning uyiga bolalarni nazorat qilish xizmati xodimlari kelib turgani xabar qilindi. "Ular uyni tekshirib chiqishgan - uy bola yashashi uchun munosib deb topilgan. U yerda yeguliklar ko‘p bo‘lib, tashqaridan qaraganda bolani yaxshi parvarish qilishardi", - dedi okrug prokurori Kelli Sallixan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shnilar oilani shahardan tashqariga chiqib ketgan deb o‘ylashgan.
Mavzuga oid
09:15
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:45
AQSh va Eron urushni tugatish hamda Ho‘rmuzni qayta ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026