O‘zbekiston | 22:09 / 26.12.2016
8810
2 daqiqa o‘qiladi

Belarus kompaniyasi O‘zbekistondan yeryong‘oq yetkazib berilishi bo‘yicha shartnoma imzoladi

Yangi yil arafasida Belarusning "Startfrukt" kompaniyasi vakillari Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi va "O‘zagroeksport" AJ ko‘magida O‘zbekiston viloyatlariga respublikada yetishtiriladigan yeryong‘oq sifatini baholash, potensial yetkazib beruvchilar bilan tanishish uchun tashrif buyurdilar. 

Jumladan, mehmonlar Surxondaryo, Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridagi fermer xo‘jaliklari va taqsimlovchi markazlar faoliyati bilan tanishdilar va o‘zbekistonlik yeryong‘oq yetishtiruvchilar bilan uzoq muddatli istiqbolli hamkorlik qilishga tayyorliklarini bildirdilar.

"Startfrukt" va "O‘zagroeksport" o‘zaro muzokaralar natijalariga ko‘ra, O‘zbekistondan Belarusga yeryong‘oq yetkazib berish bo‘yicha ikki tomonlama eksport shartnomasini tuzishdi. Mahsulot 2017 yil yanvaridan yetkazib berilishi rejalashtirilmoqda.

Ayni vaqtda Belarus kompaniyasi ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari, agrobiznes, restoran biznesi bilan shug‘ullanadi.    

«Startfrukt» tarkibiga kiruvchi yong‘oq fabrikasi yiliga 2-5 ming tonna yeryong‘oqni qayta ishlaydi.

Kelgusida tomonlar yetkazib beriluvchi meva-sabzavot mahsulotlari turlari va hajmini oshirishni rejalashtirmoqdalar.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid