Qömita xabariga köra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida Özbekiston 23 ta davlatga qiymati 6,8 mln AQŞ dollariga teng bölgan 5,8 ming tonna yeryonğoq eksport qilgan.
Qayd etilişiça, yeryonğoq eksporti ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 1,4 ming tonnaga kamaygan.
Özbekiston 2022 yilning dastlabki uç oyida eng köp yeryonğoq eksport qilgan davlatlar orasida Qozoğiston yetakçilik qilyapti – 1,3 ming tonna.
Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi:
- Ozarboyjon – 1,2 ming tonna;
- Rossiya – 572 tonna;
- Xitoy – 523 tonna;
- Afğoniston – 423 tonna;
- Turkmaniston – 414 tonna;
- Pokiston – 325 tonna;
- Niderlandiya – 190 tonna.
Bundan oldin Özbekiston un importi hajmini oşirgani xabar qilingandi.
Buğdoy uni importi hajmi ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 22 ming tonnaga oşgan.
2022 yilning yanvar-mart oylarida Özbekiston buğdoy unini eng köp import qilgan davlatlar orasida Qozoğiston yetakçi – 91,2 ming tonna.












