09:00 / 26.12.2016
9032

Neymar "Oltin to‘p" haqidagi fikrlarini bildirdi

Foto: Google image

"Barselona" hujumchisi Neymar "Oltin to‘p" olishni istashini, biroq bu uning faoliyatida yuz bermasa, hech qanday qo‘rqinchli voqea bo‘lmasligini aytdi.

"Men Barselonada oilam bilan ham, jamoa bilan ham baxtiyorman. Albatta, menda "Oltin to‘p" olishga intilish bor, biroq agar bu yuz bermasa o‘lib qolmayman. Men mukofot olish uchun futbol o‘ynamayman. "Oltin to‘p" faqat bir o‘yinchiga topshiriladi. Hozir Messi eng yaxshi o‘yinchi, men uni hurmat qilaman. Men uchun u bilan jamoadosh bo‘lish katta sharaf", deb aytdi Neymar.

2016 yil natijalariga ko‘ra "Oltin to‘p" "Real" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga nasib qildi.

Mavzuga oid
Top